O‘zA O`zbek

21.07.2020 Chop etish versiyasi

Oʻyinlarni qoldirish navbati Superligadan keyin Pro-ligaga ham keldi

Oʻyinlarni qoldirish navbati Superligadan keyin Pro-ligaga ham keldi

Bir muncha soat oldin Oʻzbekiston Professional futbol ligasi Superliganing baʼzi klublari futbolchilarida pandemiya bilan bogʻliq vaziyatlar tufayli yuqori liganing 10-tur bahslari 28-iyulga qadar qoldirilganligini maʼlum qilgandi. Hozirgina Pro-liga boʻyicha ham rasmiy xabarlar paydo boʻldi.

Superliga klublari kabi Pro-liga jamoalari ham pandemiya davrida SEOA bilan kelishilgan yoʻriqnoma shartlariga rioya qilishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Xususan, “Dinamo” va “Xorazm” klublarida virus yuqtirib olgan futbolchilar boʻlishi mumkinligi borasida gap-soʻzlar boʻldi.

Shularni inobatga olib, qolaversa, OʻzPFLning Pro-liga uchrashuvlari translyatsiyasini yoʻlga qoʻyish masalasida UzReport bilan kelishuvga binoan avgust oyidan boshlab kamida bittadan uchrashuv yoritib borilishi nuqtai-nazaridan, va albatta futbolchilar salomatligini oʻylab, Pro-liga bellashuvlari avgust oyidan boshlab davom ettiriladigan boʻldi.

8 920
Oybek YUNUSOV, OʻzA