O‘zA O`zbek

26.05.2020 Chop etish versiyasi

OʻFA Milliy terma jamoa va Superliga uchrashuvlari translyatsiyasini sotadi

OʻFA Milliy terma jamoa va Superliga uchrashuvlari translyatsiyasini sotadi

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Professional futbol ligasi bayrogʻi ostida oʻtadigan uchrashuvlarning real vaqt rejimi (internet onlayn shakl)dagi audiovizual huquqlarini olish uchun translyator va telekommunikatsion kompaniyalar, shuningdek, sport huquqi sohasidagi agentliklar oʻrtasida tender eʼlon qiladi.

Bu haqda OʻFA matbuot xizmati xabar berdi.

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi va Professional futbol ligasi FIFA hamda OFK normalari asosida oʻtkaziladigan musobaqalar, uchrashuvlar va boshqa tadbirlarning tashkilotchisi sifatida audiovizual huquqlariga bevosita egalik qiladi.

Tenderda ishtirok etish niyatida boʻlgan kompaniyalar 2020-yil 5-iyun kuni (soat 18:00) ga qadar rasmiy soʻrov yuborishlari talab etiladi. Murojaatlar marketing@ufa.uz elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi.

Belgilangan muddat yakuniga yetgach, tenderda qatnashish istagini bildirgan barcha kompaniyalarga audiovizual huquqlarning qay tartibda taqdim etilishi batafsil maʼlum qilingan rasmiy hujjatlar joʻnatiladi.

11 140
OʻzA