O‘zA O`zbek

14.05.2020 Chop etish versiyasi

Nurmagomedovning otasi komaga tushib qoldi

Nurmagomedovning otasi komaga tushib qoldi

Mutlaq janglar chempionati (UFC) gʻolibi Habib Nurmagomedovning otasi va murabbiyi Abdulmannop Nurmagomedov Moskva shahridagi shifoxonalardan birida koma holatiga tushib qolgan. Bu haqda bemorning doʻsti, sport sharhlovchisi Ramazon Rabadanov maʼlum qilgan.

“Habibning otasi komada hushsiz yotibdi“, — dedi Rabadanov, murabbiyning Rossiya poytaxtidagi harbiy gospitallardan birida ekanligini qayd etarkan.

25-aprel kuni katta Nurmagomedov pnevmoniyaga uchragani gumon qilinib, Dogʻiston poytaxti Maxachqalʼa shahridagi kasalxonalardan biriga yotqizilgan edi.

Keyinroq uning koronavirusga test topshirgani va Moskvadagi bir shifoxonaga joylashtirilgani maʼlum qilindi.

9 636
OʻzA