O‘zA O`zbek

09.10.2019 Chop etish versiyasi

Nurmagomedov “Humo Arena”da jang qiladi

Nurmagomedov “Humo Arena”da jang qiladi

Joriy yilning 23 noyabr kuni Toshkentdagi ko‘p tarmoqli “Humo Arena” sport majmuasida ilk bor rasmiy tarzda aralash jang san’atlari (MMA) turniri o‘tkaziladi.

Unda bir qator mashhur MMA jangchilari – jahon chempioni Habib Nurmagomedov, Zubayra Txugov va yana bir qator sport yulduzlari tashrif buyurishi ko‘zda tutilgan.

Poytaxtimiz mezbonlik qiladigan ushbu musobaqada mamlakatimiz aralash jang san’atlari ustalari ham o‘zlarining janglarini o‘tkazadilar. Markaziy jangda esa Habib Nurmagomedovning ukasi Umar Nurmagomedov va Nikita Chistyakov to‘qnash keladi.

536
Javohir Toshxo‘jaev, O‘zA