Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

25.09.2017 14:26 Chop etish versiyasi

Nufuzli musobaqa muvaffaqiyatli boshlandi

Nufuzli musobaqa muvaffaqiyatli boshlandi Poytaxtimizdagi "O‘zbekiston" sport majmuasida gandbol bo‘yicha xotin-qizlar o‘rtasida Osiyo chempionlar ligasi musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston, Eron, Qozog‘iston va Hindiston jamoalari g‘oliblik uchun o‘zaro bahslashmoqda.

Musobaqaning dastlabki turida “AGMK” jamoasi Qozog‘istonning “ILE” klubi bilan 36:36 hisobida durang o‘ynagan bo‘lsa, “Uzbechka” jamoasi Hindistonning “India” komandasini 37:31 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Shuningdek, Qozog‘istonning “Almaty” va Eronning “Larestan” jamoalari bahsi 23:19 hisobida yakunlandi.

Musobaqaning ikkinchi turida quyidagi natijalar qayd etildi: “ILE”-“Almaty” - 32:27, “Larestan”-“Uzbechka” - 23:20, “AGMK”-“India” - 45:27.

Javohir Toshxo‘jayev, Muhammad Amin (surat), O‘zA
657






Все о погоде - Pogoda.uz