O‘zA O`zbek

22.06.2020 Chop etish versiyasi

Novak Jokovich koronavirus testini topshirishdan bosh tortmoqda

Novak Jokovich koronavirus testini topshirishdan bosh tortmoqda

Bolgariyalik tennischi Grigor Dimitrovda Xorvatiyaning Zadar shahrida Novak Jokovich tomonidan tashkil etilgan “Adria Tour” koʻrgazmali turnirida ishtirok etayotgan vaqtida koronavirus aniqlangan.

Shu sababli musobaqa ishtirokchilarining barchasi koronavirusga test topshirishlari kerak. Biroq Novakning oʻzi test topshirishdan bosh tortmoqda.

Novakning soʻzlariga koʻra, unda mazkur virusning hech qanday alomatlari yoʻq va u Xorvatiyada test topshirmaydi. Murabbiyi Goran Ivanishevich uch kun oldin test topshirgan hamda unda hech qanday virus aniqlanmagan. Serbiyalik tennischi Belgrad shahriga borib, epidemiologlar koʻrigidan oʻtishi va ularning maslahatiga amal qilishini taʼkidladi.

Zadar shahrining tibbiyot boshqarmasi esa Novakning soʻzlariga ishondi va test topshirmasdan mamlakatni tark etishiga ruxsat berdi.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan haftada Novak Jokovich serbiyalik basketbolchi Deyan Miloyevich tomonidan oʻtkazilgan marosimga borgan. U bazmda “Partizan” jamoasi oʻyinchisi Nikola Yankovich bilan suhbatlashgan. Marosimdan bir necha kun oʻtgandan soʻng Nikolada koronavirus aniqlangan.

9 363
OʻzA