O‘zA O`zbek

11.09.2019 Chop etish versiyasi

Nigora Mirzoxidova Jahon chempionatining bronza medalini qo‘lga kiritdi

Nigora Mirzoxidova Jahon chempionatining bronza medalini qo‘lga kiritdi

London shahri para suzish bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda.

Dunyoning 60 dan ortiq mamlakatidan 600 ga yaqin sportchi ishtirok etayotgan ushbu musobaqada yurtimiz sharafini 7 nafar para suzuvchilarimiz himoya qilmoqda.

Kecha bo‘lib o‘tgan ayollar o‘rtasidagi 100 metrga chalqancha suzish bahslarida o‘zbekistonlik Nigora Mirzoxidova bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Finishga uchinchi bo‘lib yetib kelgan sportchimiz kelgusi yil Tokioda bo‘lib o‘tadigan Paralimpiya o‘yinlari uchun muhim reyting ochkolariga ega bo‘ldi.

Ayollar o‘rtasidagi 100 metrga chalqancha suzish (S13)

Jilli Karlotta (Italiya) – 1:06.48

Jia Perjolini (AQSh) – 1:06.82

Nigora Mirzoxidova (O‘zbekiston) – 1:07.67

O‘zbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi axborot xizmati

1 364
O‘zA