Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

15.09.2017 16:19 Chop etish versiyasi

Nigina yarim finalda, Sabina esa finalda

Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan Xitoy va Gruziyada o‘tkazilayotgan turnirlarda mamlakatimizning kuchli tennischilari Sabina Sharipova hamda Nigina Abduraimova muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Xitoyda o‘tayotgan xalqaro turnirning juftlik bahslarida Sabina Sharipova hamda belaruslik Lidiya Morozova yarim finalda mezbon tennischilar Xangyu Ju va Kyu Yuye ustidan 6:3, 3:6, 12:10 hisobida zafar quchdi.

Shuningdek, S.Sharipova musobaqa chorak finalining yakkalik bahslarida xitoylik Xu Sunga qarshi kortga chiqadi.

Gruziyadagi turnirda iste’dodli tennischimiz Nigina Abduraimova yakkalik bahslarining chorak final uchrashuvida rossiyalik Polina Leykinani 6:2, 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA
979






Все о погоде - Pogoda.uz