O‘zA O`zbek

06.10.2019 Chop etish versiyasi

Nigʻmatilla Yoʻldoshev Oʻzbekiston kurash federatsiyasi raisi etib saylandi

Nigʻmatilla Yoʻldoshev Oʻzbekiston kurash federatsiyasi raisi etib saylandi

Termizda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun kurash boʻyicha Al-Hakim At-Termiziy xotirasiga bagʻishlangan XIV xalqaro turnir boʻlib oʻtayotgani haqida xabar bergan edik. Mazkur turnirda jahonning besh qitʼasidagi 48 ta davlatdan eng sara polvonlar gʻoliblik uchun bahs olib borishmoqda.

Bugun kunning ikkinchi yarmida Termiz shahrida Oʻzbekiston kurash federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi tashkil etildi. Unda tashkiliy masala koʻrib chiqildi. Taʼkidlash kerak, ayni paytda mazkur sport tashkiloti raisi lavozimi vakant edi. Konferensiya doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nigʻmatilla Yoʻldoshev nomzodi mamlakat kurash federatsiyasi raisligiga tavsiya qilindi.

Saylovda federatsiya raisligiga boshqa nomzod koʻrsatilmadi va natijada Nigʻmatilla Yoʻldoshev bir ovozdan Oʻzbekiston kurash federatsiyasi raisi etib saylandi. Bu haqda kurash federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

720
O'zA