O‘zA O`zbek

17.06.2020 Chop etish versiyasi

Neymar “Barselona”ga bu yil ham bora olmaydi

Neymar “Barselona”ga bu yil ham bora olmaydi

Xabaringiz bor, Kataloniyaning “Barselona” jamoasi bir necha yildan buyon Parijning “PSJ” klubi hujumchisi, klubning sobiq futbolchisi Neymarni oʻz safiga qoʻshish uchun harakat qilmoqda.

“PSJ” rahbariyati jamoani tark etib, kataloniyaliklar safiga qaytmoqchi boʻlayotgan Neymarga 2021-yilning yoziga qadar Parijda qolishini uqtirdi. Sababi, ayni paytda “Barselona” braziliyalik hujumchining transferini aniq koʻtara olmaydi.

Neymarning oʻzi esa parijliklar bilan 2022-yilgacha tuzilgan shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi. Agar Neymar bir yil davomida fikrini oʻzgartirmasa, “PSJ” kelasi yil yozda uni sotib yuborib, sarflangan 222 million yevroning muayyan qismini ortga qaytarishga harakat qiladi.

Eslatib oʻtamiz, Neymar “Barselona” jamoasi safida 2013-2017-yillarda toʻp surgan.

11 144
Javohir TOSHXOʻJAYEV, OʻzA