O‘zA O`zbek

22.10.2019 Chop etish versiyasi

“Neftchi“ - xalqaro musobaqa g‘olibi

“Neftchi“ - xalqaro musobaqa g‘olibi

Farg‘onada 19-21 oktabr kunlari an’anaviy “Farg‘ona vodiysi kubogi“ xalqaro futbol musobaqasi yakunlandi. 

Musobaqada Qirg‘iziston Respublikasining Botken, O‘sh hamda Tojikiston Respublikasining So‘g‘d viloyati, shuningdek, Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlarining professional klublari va yoshlar futbol jamoalari ishtirok etdi. 

Mazkur uchrashuvning final uchrashuvi qiziqarli va keskin kurashlarga boy tarzda o‘tdi. Musobaqaning bosh sovrini uchun Farg‘onaning “Neftchi“ va Qirg‘izistonning “Nur-Batken“ jamoalari o‘zaro kuch sinashishdi. 

Keskin va murosasiz bahslarga boy tarzda o‘tgan uchrashuvda farg‘onaliklar Mansur Saidov va Dilshod Umurzaqovlarning kiritgan gollari evaziga 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, musobaqa kubogini qo‘lga kiritishdi. 

G‘olib jamoalarni taqdirlash marosimida Farg‘ona viloyati hokimi Sh. G‘aniev ishtirok etdi. 

823
M. SULAYMONOV, O‘zA