O‘zA O`zbek

02.08.2018 22:15 Chop etish versiyasi

“NBU CUP - 2018” turniri davom etmoqda

“NBU CUP - 2018” turniri davom etmoqda
Poytaxtimizda Xalqaro tennis federatsiyasining “NBU Cup” turniri bo‘lib o‘tmoqda.

Turnirda hamyurtlarimiz bilan birga Rossiya, Qozog‘iston, Turkiya, Ruminiya, Kanada, Avstriya, Latviya, Gretsiya kabi davlatlardan tashrif buyurgan 150 nafardan ortiq mohir tennischi ishtirok etmoqda.

Bugun hamyurtlarimiz Sergey Fomin va Behzod Rasamatov kortda o‘zaro kuch sinashadi. Aziz Dadaboyev esa ruminiyalik Sebastyan Gima bilan, Yasmina Karimjonova rossiyalik Mariya Krasakova bilan, Ibrohimjon O‘rinov yana bir rossiyalik Marat Sharipov bilan o‘z mahoratini sinovdan o‘tkazadi.

Xalqaro turnirning g‘olib va sovrindorlari 4 avgust kuni ma’lum bo‘ladi.

2 (1).jpg

10 (1).jpg

Muhammad Amin (surat) O‘zA
3 064