Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

13.11.2017 17:57 Chop etish versiyasi

Navoiyda kurash bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqalari bo‘lib o‘tdi

Navoiyda kurash bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqalari bo‘lib o‘tdi Navoiyda kurash bo‘yicha 1997-1998 yillarda tug‘ilgan yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston kurash federatsiyasi, viloyat hokimligi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 260 ga yaqin sportchi 16 vazn toifasida gilamga chiqdi.

14.JPG

15.JPG

O‘g‘il bolalar o‘rtasidagi musobaqalarda mezbon sportchilar Shahzod Qodirov, Sherdor Toshbotirov, Shahboz Komilov, Samarqand viloyatidan Jonibek Qozoqov, Islomjon Karimov, Andijon viloyatidan Oybek Usmonov, Buxorodan Mahmado‘st Mahmaniyozov, Qashqadaryodan Sherbek Abloqulov, Surxondaryo viloyatidan A’zamjon Maqsudaliyev o‘z vazn toifasida raqiblaridan ustun keldi. Qizlar o‘rtasidagi bellashuvlarda Navoiy viloyati vakilasi Marjona Boboqandova, Dilnoza Kamolova, Surxondaryodan Mohinur Mo‘minova, Andijon viloyatidan Oysuluv Abdumajidova, Toshkent shahridan Kumush Xo‘jayeva, Farg‘ona viloyati sharafini himoya qilgan Mohinur Pirnazarova, Xorazm viloyati sportchisi Nasiba Yo‘ldoshevaning qo‘li baland keldi.

Musobaqada mezbon jamoa sportchilari 14 medal jamg‘argan holda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlar Surxondaryo hamda Samarqand viloyatlari kurashchilariga nasib etdi.

Nuriddin Rahimov, Siroj Aslonov (surat), O‘zA
2 384






Все о погоде - Pogoda.uz