O‘zA O`zbek

15.02.2019 08:31:09 Chop etish versiyasi

“Navbahor” Ukrainaning uchinchi jamoasiga yutqazdi


Yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonini Turkiyaning Antaliya shahrida olib borishayotgan Namanganning “Navbahor” klubi aʼzolari mazkur yigʻin doirasidagi soʻnggi nazorat-sinov oʻyinida maydonga tushishdi.

“Lochinlar”ning bu safargi sparring raqibi Ukraina Premyer-ligasida 1-davradan keyin faxrli 3-oʻrinni egallab turgan “Oleksandriya” jamoasi boʻldi. Qiziqarli oʻtgan oʻyinda namanganliklar 2:1 hisobida imkoniyatni boy berishdi.

Uchrashuvda hisobni ukrainaliklar ochishadi. Oradan koʻp oʻtmay Andrey Kanchelskis shogirdlari muvozanatni tiklaydi. “Navbahor”ning javob toʻpiga Zafar Toʻrayev mualliflik qildi va jamoalar tanaffusga 1:1 hisobida yoʻl olishdi. Ammo 2-taymda “Oleksandriya” klubi aʼzolari yana bir marotaba Oʻtkir Yusupov qoʻriqlayotgan darvozani ishgʻol etishdi va gʻalabani oʻz tomonlariga ogʻdirishga muvaffaq boʻldi.

Mazkur oʻyinda “Navbahor” tarkibida quyidagi futbolchilar harakat qilishdi: Oʻtkir Yusupov, Igor Golban, Jahongir Mehmonov, Mirzohid Gʻofurov, Slavko Lukich, Abdujamol Isroilov, Zafar Toʻrayev, Shahzod Shaymanov, Abbos Gʻulomov, Aleksandr Kasyan, Ivan Solovyov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Bahodir Nasimov, Azim Ahmedov, Jasur Azimov.

Oʻzbekiston superligasi bronza medali sohibi “Navbahor” jamoasining Turkiyadagi oʻquv-mashgʻulotlar yigʻini 17 fevral kuni yakuniga yetadi. Shundan soʻng futbolchilarga qisqa muddatli tanaffus beriladi va yangi mavsum arafasidagi soʻnggi yigʻin Namanganda tashkil etiladi