O‘zA O`zbek

14.08.2019 20:10 Chop etish versiyasi

Namanganlik merganlar mamlakat kubogi sohibi

Namanganlik merganlar mamlakat kubogi sohibi

Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Namangan viloyat kengashi tasarrufidagi oʻq otish tirida yoshlar oʻrtasida pnevmatik quroldan oʻq otish boʻyicha Oʻzbekiston kubogi final bosqichi boʻlib oʻtdi.

Musobaqada Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 10-18 yoshli 123 nafar oʻgʻil-qiz ishtirok etdi.

Umumjamoa hisobida eng koʻp ochko jamgʻargan Namangan viloyati jamoasi mamlakat kubogini qoʻlga kiritdi. Toshkent viloyati jamoasi ikkinchi oʻrinni egalladi, andijonlik merganlar uchinchi oʻringa sazovor boʻldi.

Hotam MAMADALIYEV (surat), OʻzA
1 476