Namangan shahridagi “Barkamol avlod” sport majmuasida bo‘lib o‘tgan tadbirda shahardagi umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ta’lim olayotgan 1 ming 800 sportchi qizga Prezident sovg‘alari topshirildi.

– Prezidentimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan bunday yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlik biz, yoshlarni yanada puxta bilim olish, sport bilan muntazam shug‘ullanishga undaydi, – deydi 26-mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi, penchak silat bo‘yicha O‘zbekiston chempioni Sarvinoz Ibrohimova. – Milliy qadriyatlarimiz va zamonaviy moda yo‘nalishlariga mos sport liboslari barchamizga manzur bo‘ldi.

Tadbirda mamlakatimizda sportning ommaviyligini oshirish, xotin-qizlar sportini rivojlantirish orqali jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishga qaratilayotgan alohida e’tibor yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi.

– Bu boradagi ishlar ko‘lamini yanada kengaytirishda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 15-fevraldagi “Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni muhim ahamiyat kasb etadi, – deydi O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi Namangan viloyati filiali direktori Akmalxon Mamadumarov. – Yaratib berilayotgan sharoitlardan unumli foydalanayotgan sportchi yoshlarimiz qit’a va jahon chempionatlarida, nufuzli xalqaro turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, Vatanimiz dovrug‘ini yanada oshirishga munosib hissa qo‘shmoqda.

Viloyat sportchi qizlari mamlakat va xalqaro sport arenalarida salmoqli yutuqlarni qo‘lga kiritmoqda. Xususan, Braziliyada o‘tgan XV Paralimpiya o‘yinlari chempioni va rekordchisi Nozimaxon Qayumova, Janubiy Koreyada o‘tkazilgan taekvondo WTF bo‘yicha xalqaro turnir g‘olibi, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasi Sevinch Muhammadjonova, Hindiston mezbonlik qilgan kurash bo‘yicha jahon chempionati oltin medali sovrindori Muxlisa Abdumalikova, Qozog‘istonda o‘tkazilgan yengil atletika bo‘yicha xalqaro turnir g‘olibi Nurxon Muhiddinova kabi sportchilar shular jumlasidandir.

Viloyatdagi ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan 233 mingdan ortiq o‘quvchi qizning 40 mingga yaqini sport bilan muntazam shug‘ullanmoqda. Navro‘z bayrami arafasida viloyatdagi barcha maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining 12 mingga yaqin sportchi qiziga mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan tayyorlangan sport liboslaridan iborat Prezident sovg‘asi topshirildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganda sportchi qizlarga Prezident sovg‘asi – sport liboslari topshirildi