Namanganda Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) tomonidan o‘tkazilayotgan turnirda mamlakatimiz vakillari Sanjar Fayziyev, Temur Ismoilov va Nigina Abduraimova chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Tajribali tennischimiz Nigina Abduraimova birinchi davrada rossiyalik Anastasiya Shasanovani yengdi. Keyingi bosqichda gruziyalik Mariya Bolkovadzega qarshi kortga chiqdi. Mazkur bahsda tennischimiz birinchi setni boy berib qo‘yishiga qaramasdan, qolgan ikki setda raqibasiga tezkor va aniq to‘p uzatmalar yo‘lladi. Natijada Mariya o‘yinni muddatidan oldin yakunlashga qaror qilib, mag‘lubiyatini tan oldi.

Musobaqaning yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun N.Abduraimova hindistonlik Karman Kaur Tandi bilan raqobatlashadi.

“Fyuchers” bahslarida Sanjar Fayziyev qozog‘istonlik Timur Xabibulin va rossiyalik Mixail Xaldivni mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, Temur Ismoilov tennischimiz Shonig‘matjon Shofayziyev va rossiyalik Artur Shaxnubaryanni yengib chorak finalga yo‘l oldi.

Endi chorak finalda Temur rossiyalik Mixail Fufyigin, Sanjar esa rossiyalik Markos Kalovelonis bilan kuch sinashadi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganda o‘tayotgan xalqaro turnirda uch tennischimiz chorak finalga chiqdi