Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

25.09.2017 12:17 Chop etish versiyasi

Namanganda o‘smirlar o‘rtasida yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yakunlandi

«Barkamol avlod» stadionida O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi hamda mamlakatimiz yengil atletika federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan chempionatda uch yuzga yaqin atlet o‘zaro bahslashdi.

Turli masofaga yugurish bahslarida Temur Isroilov, Daniil Arsenov, Sherzodbek Kolesnikov, Zaynab Ahadqulova Lobar Abduqayumova, Farida Gazizova marraga birinchi bo‘lib yetib kelgan bo‘lsa, 100 va 110 metrga to‘siqlar osha yugurishda Kamola Raimova hamda Sergey Meshanov barcha raqiblarini ortda qoldirdi. 

3000 metrga sportcha yurishda Toshkan Ergashev va Nilufar Usmonova shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy egalladi.

Balandlikka va uzunlikka sakrashda Jo‘rabek Mashrabov, Abdulazizbek Anvarov oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, qizlar o‘rtasida Alina Aripova har ikkala yo‘nalishda g‘olib bo‘ldi.

Yadro va to‘p uloqtirishda Ayubxon Fayozov, Javohir Hamidjonov, Marina Hamzayeva, Dilshoda Hamidova O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritdi. Uchkurash bahslarida Sofiya Muhamedova va Asliddin Rahmonberdiyev birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA
688






Все о погоде - Pogoda.uz