O‘zA O`zbek

11.01.2019 19:43 Chop etish versiyasi

Namanganda merganlar bahsi boʻlib oʻtdi

Namanganda merganlar bahsi boʻlib oʻtdi Namanganda Vatanparvarlik oyligi doirasida yoshlar, ayollar va erkaklar oʻrtasida pnevmatik miltiqdan oʻq otish boʻyicha viloyat birinchiligi dastlabki bosqich musobaqasi boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti viloyat kengashi tashabbusi bilan oʻtkazilgan musobaqada 160 nafardan ziyod sportchi ishtirok etdi.

Qizlar oʻrtasidagi musobaqada Namangan shahri vakili A.Tarasovabirinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. Namangan avtomomobil maktabi jamoasi aʼzosi L.Mustafoyeva ikkinchi, Uychi tumani vakili R.Sharopova uchinchi oʻrinni egalladi.

Oʻgʻil bolalar oʻrtasida Namangan shahar sportchisi M.Kamolov merganlik borasida raqiblaridan ustun keldi. Undan keyingi oʻrinlarni tegishli tartibda norinlik A.Abduhamidov, Namangan avtomobil maktabi vakili I.Abdullayev band etdi.

Namangan shahri jamoasi aʼzosi D.Akbarova ayollar oʻrtasidagi bahsda eng yuqori natijaga erishdi. Erkaklar oʻrtasidagi musobaqa gʻolibi esa Namangan shahridan V.Kandakov boʻldi.

Umumjamoa hisobida viloyat texnik va amaliy sport turlari markazi jamoasi mutlaq gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Ikkinchi oʻringa Namangan avtomobil maktabi jamoasi va uchinchi oʻringa Kosonsoy tumani jamoasi sazovor boʻldi.

Gʻoliblar esdalik sovgʻa va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

7.jpg

8.jpg


Akromjon Sattorov, Hotam Mamadaliyev (surat), OʻzA
2 232