O‘zA O`zbek

09.09.2019 Chop etish versiyasi

Namanganda karting poygasi bo‘yicha viloyat ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi

Namanganda karting poygasi bo‘yicha viloyat ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Namangan viloyati kengashining viloyat texnika va amaliy sport turlari markazi tomonidan tashkil etilgan musobaqada mazkur markaz hamda Namangan, Farg‘ona, Andijon viloyatlarining shahar va tuman o‘quv sport texnika klublaridan 15 ta jamoa tarkibida 60 nafardan ziyod kartingchi, jumladan, 3 nafar sportchi qiz ishtirok etdi.

Uchqo‘rg‘on tumani O‘quv sport texnika klubining kartadromida poygachilar “Mikro”, “Mini”, 125 YU, 125 K, 125 M, KZ, KF, 250 sinflarida uch marta aylanish bo‘yicha shaxsiy birinchilik va jamoaviy g‘alaba uchun murosasiz kurash olib borishdi.

5.jpg

Chempionatning shaxsiy birinchilik uchun bahslarida shohsupaning yuqori pog‘onasini Sh.Kamolova (Navoiy), Ya.Egamberdieva, A.Egamberdiev, Sh.Abdullaev (Uychi tumani), K.Shipkova, V.Shipkov (Toshkent shahri), S.Sardorov (Namangan), M.Saidov (Farg‘ona) egalladi.

8.jpg

Umumjamoa hisobida esa Uychi tumani O‘quv sport texnika klubi jamoasi g‘alaba qozondi.

G‘olib sportchi va jamoalar, shuningdek, ikkinchi va uchinchi o‘rin sohiblari tegishli darajadagi medallar, “Vatanparvar” tashkiloti Namangan viloyati kengashining faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

1 637
Akromjon SATTOROV, O‘zA