O‘zbek jang san’ati – halollik, sabr-toqat, kamtarlik, o‘zlikni anglash, iroda kabi xalqimizning betakror fazilatlarini o‘zida mujassam etgan milliy sport turidir. Bugungi kunda o‘zbek jang san’ati bilan shug‘ullanayotgan yoshlar safi tobora kengaymoqda. Bu esa o‘g‘il-qizlarning ham jismonan, ham ma’nan barkamol bo‘lib voyaga yetishiga xizmat qilayotir.

2009-yilda tashkil etilgan O‘zbekiston o‘zbek jang san’ati federatsiyasi tomonidan mazkur sport turini yanada ommalashtirish, mashg‘ulotlarni yuqori saviyada tashkil etish, sportchilarning tajriba va mahoratini oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, malakali murabbiylar tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mamlakatimizning turli hududlarida tashkil etilgan seksiyalarda 30 mingdan ziyod o‘g‘il-qiz mazkur sport turi bilan muntazam shug‘ullanmoqda.

– Sportchilarimizning hammasi ham yuqori natijalarga erishmasligi mumkin, muhimi, ular jismoniy tarbiya va sport bilan bir umrga do‘stlashadi, o‘zini o‘zi tarbiyalash, intizomga o‘rgatish, kamchilik va nuqsonlardan xalos bo‘lish, sinovlarni yengib o‘tishni o‘rganadi, Vatan ravnaqi uchun xizmat qiladigan yigit-qizlar bo‘lib yetishadi, – deydi federatsiya raisi Po‘lat Usmonov. – Mashg‘ulotlar jarayonida shogirdlarimizning ma’naviy yuksalishiga ham katta e’tibor qaratamiz. Zero, bu o‘zbek jang san’atining muhim talablaridandir. Insonning ma’naviyati yuksalishi bilan uning irodasi ham kuchayib boradi. Iroda – bu aslida mustahkam ishonch demakdir. Irodasi baquvvat odam o‘ziga ishonadi va har qanday murakkab vazifani ham o‘z zimmasiga olishdan cho‘chimaydi.

Ushbu sport turi bilan olti yoshdan boshlab shug‘ullanish mumkin. Bolalarga dastlab o‘zbek jang san’atining boshlang‘ich ko‘nikmalari – sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlari o‘rgatiladi. Bunday mashqlar ertalabki badantarbiya yoki sog‘lomlashtirish gimnastikasi kabi bola tanasining jismonan chiniqishiga xizmat qiladi. Keyin ularga o‘zbek jang san’atining boshqa yo‘nalishlari puxta o‘rgatilib, musobaqalarga bosqichma-bosqich tayyorlab boriladi.

– Har bir ota-ona o‘z farzandining sog‘-salomat, yaxshi xulqli va bilimli bo‘lib ulg‘ayishini orzu qiladi, – deydi o‘zbek jang san’ati bo‘yicha ayollar terma jamoasi murabbiyi Shahnoza Zuhriddinova. – Buning uchun ularni erta yoshdan sport turlariga jalb qilish muhimdir. Shundagina sport ularning hayotida doimiy hamroh bo‘lib qoladi.

Bugun o‘zbek jang san’ati bilan shug‘ullanayotgan o‘g‘il-qizlar orasida mamlakatimiz va xalqaro miqyosdagi musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelayotgan yoshlar ko‘p. Jasur Serikboyev, Ahmad Turdioxnov, Jasur Ahmadjonov, Muhammad Hakimov, Zohid Abdurazzoqov, Javlon Yesenqulov, Zuhra Umurzoqova, Maftuna Ikromova, opa-singil Karina va Sabina Kim, Go‘zal Rahimova kabi yigit-qizlar mamlakatimiz chempionatlari va xalqaro turnirlarda sovrinli o‘rinlarni egallab kelmoqda. Ayniqsa, iste’dodli sportchi Karina Kimning yutuqlari tahsinga loyiq.

Karina 2012-yildan mazkur sport turi bilan muntazam shug‘ullana boshladi. O‘sha yili u O‘zbekiston chempionatida birinchi o‘rinni egalladi. Xalqaro maydondagi ilk g‘alabasiga 2015-yili Janubiy Koreyaning Chong-Ju shahrida o‘tgan Butunjahon yakkakurashlar festivalida erishdi. Shuningdek, Karina o‘tgan yili Rossiya, Portugaliya, Italiya va Qozog‘istonda o‘tkazilgan musobaqalarda shohsupaga ko‘tarildi.

– O‘zbek milliy qadriyatlarini o‘zida jam qilgan o‘zbek jang san’ati bilan shug‘ullanish menga katta zavq bag‘ishlaydi, – deydi Karina. – Bu sport turi nafaqat jismonan, balki ma’nan baquvvat bo‘lishimizni, tariximizni, madaniyatimizni o‘rgatadi. Mazkur sport turi orqali biz ko‘plab chet davlatlarda Vatanimiz madaniyatini, sportini namoyish etishdek baxtga muyassar bo‘layotganimizdan baxtiyormiz.

Yigit-qizlarning jismoniy va ma’naviy kamolotini ta’minlash milliy sportimizda qat’iy shakllangan an’analardandir. Zero, ma’naviyati yuksak insonlargina o‘zining jismoniy va aqliy salohiyatini el-yurt taraqqiyoti, Vatan shuhratini yuksaltirish yo‘lida safarbar eta oladi. O‘zbek jang san’ati ana shunday ezgu g‘oyalarga xizmat qilmoqda.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mustahkam ishonch va iroda tarbiyasi