O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan "Barkamol avlod – 2017" sport musobaqalarining saralash bosqichi boshlandi.

Jizzax viloyati hokimligida o‘tkazilgan tadbirda sportning voleybol, futbol, basketbol, qo‘l to‘pi, boks bo‘yicha Namangan, Qarshi, Samarqand, Nukus va Termiz shaharlarida o‘tkaziladigan saralash musobaqalarida qatnashish uchun jo‘nab ketayotgan terma jamoalar a’zolari ishtirok etdi.

“Barkamol avlod – 2017” sport musobaqalari bu yil Jizzaxda o‘tkazilishi munosabati bilan bu yerda qizg‘in tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda. Musobaqalar o‘tkazilishi belgilangan Jizzax olimpiya zaxiralari kolleji sport inshootlari, Jizzax politexnika institutining futbol maydoni, ushbu institut qoshidagi akademik litseyning sport zalida katta hajmda ta’mirlash va rekonstruksiya ishlari bajarildi.

Tayyorgarlik jarayonida “Barkamol avlod” musobaqalari dasturiga kiritilgan sport turlari bo‘yicha tajribali murabbiylar o‘quvchilar jamoalari bilan o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazmoqda.

– Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 15-fevraldagi “Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni “Barkamol avlod – 2017” sport musobaqalariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha mas’uliyatni yanada oshirdi, – deydi Jizzax viloyati jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi raisi Inom Tojiboyev. – 2014-yilda Namangan viloyatida o‘tkazilgan “Barkamol avlod” musobaqalari natijasini chuqur tahlil qilib, bu gal yondashuvni tubdan o‘zgartirdik. Tayyorgarlik davomida sinov-saralash musobaqalariga alohida e’tibor qaratildi. Barcha sport turlari bo‘yicha viloyat jamoasi tarkibiga istiqbolli o‘g‘il-qizlar saralab olindi.

– Basketbol bo‘yicha Samaraqand shahrida o‘tkaziladigan saralash musobaqalari oson kechmasligi aniq, – deydi Jizzax olimpiya zaxiralari kolleji o‘quvchisi, viloyat basketbol terma jamoasi a’zosi Naima Usmonova. – Biz g‘oliblik uchun astoydil kurashamiz. Chunki o‘zimizning shahrimizda o‘tadigan “Barkamol avlod – 2017” musobaqasida qatnashish huquqini albatta qo‘lga kiritishimiz kerak.

Ishtirokchilar yoshlarga yuksak maqsadlarga erishishida muvaffaqiyatlar tiladi.

Tadbirda Jizzax viloyati hokimi U.Uzoqov so‘zga chiqdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Musobaqaga tayyorgarlik avjida