Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

14.07.2018 11:35 Chop etish versiyasi

MUNDIAL KUNDALIGI: Belgiya – Angliya uchrashuvi

MUNDIAL KUNDALIGI: Belgiya – Angliya uchrashuvi
Xabaringiz bor bugun jahon chempionati uchinchi o‘rni uchun bahs bo‘lib o‘tadi. Unda “g‘oliblar ichra mag‘lub” ikki terma kuch sinashadi.

Ikkala jamoa ham final uchun harakat qilishdi. Biroq omad o‘zgalarga kulib boqdi. Iloj qancha endi ular bronza medallari uchun kurashadi. Bu termalar esingizda bo‘lsa, guruh bosqichida ham ro‘baro‘ kelishgan bo‘lib, unda Roberto Martines shogirdlari zafar quchgandi. Sautgeyt ayyorlik qilib uchinchi tarkibni tashlagan va yakunda o‘z jamoasi uchun “foydali” bo‘lgan mag‘lubiyatni qabul qilib olgandi. Martines bugun tarixdagi eng kuchli Belgiyani maydonga tushiraman deb, aytib o‘tdi. Garet esa bir necha kun oldin, futbolchilarim uchinchi o‘rin uchun maydonga tushishni xohlashmayapti qabilida intervyu berdi. Ko‘ramiz, bugun termalar qanday kayfiyatda maydonda harakat qilishar ekan.

Belgiya - Angliya

“Sankt-Peterburg” stadioni, Sankt-Peterburg

Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanadi.

Bosh hakam: Alirizo Fag‘oni

O'zA
2 527