Gretsiya poytaxti Afina shahrida tosh ko‘tarish bo‘yicha bo‘lib o‘tgan bahodirlar o‘yinida ko‘p karra jahon chempioni, yurtdoshimiz Muhtarama Aliyeva o‘z kuch va mahoratini yana bir bor namoyon etdi.

Mamlakatimizda xotin-qizlar sportini rivojlantirishga qaratilayotgan doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik, iste’dodli sportchilar qo‘llab-quvvatlanayotgani samarasida xalqaro sport maydonlarida opa-singillarimiz erishayotgan yutuqlar salmog‘i yildan-yilga ortmoqda.

Gretsiyada bo‘lib o‘tgan bahodirlar o‘yini musobaqalarida Germaniya, Polsha, Fransiya, Italiya, Rossiya, AQSh singari jahonning 20 dan ortiq davlatidan 100 dan ortiq polvon g‘oliblik uchun bahs olib bordi.

Musobaqaning xotin-qizlar o‘rtasidagi bahslarida 60 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan andijonlik Muhtarama Aliyeva 16 kilogramm og‘irlikdagi toshni “uzun usul” (erdan yelkaga, yelkadan yuqoriga, yuqoridan yelkaga va yelkadan yerga)da 10 daqiqa ichida 105 marta ko‘tarib, eng yuqori natijaga erishdi va o‘n ikkinchi bor jahon chempionligini qo‘lga kiritdi.

– Nomdor va kuchli sportchilar ishtirok etgan musobaqada g‘olib bo‘lish oson kechgani yo‘q albatta, – deydi Muhtarama. – Jiddiy tayyorgarlik hamda muayyan tajriba va mahorat menga juda asqotdi. Yakunda g‘olib bo‘lib, O‘zbekistonimiz bayrog‘ini xalqaro musobaqada yana bir bor baland ko‘tarish sharafiga muyassar bo‘lganimdan xursandman.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Muhtarama 12 marta jahon chempioni