Muhriddin Tilovov xalqaro turnirda kumush medalni qo‘lga kiritdi
Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Muhriddin Tilovov Xalqaro dzyudo federatsiyasi tomonidan Boku shahrida o‘tkazilgan “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi xalqaro turnirda shohsupaga ko‘tarildi.
Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Muhriddin Tilovov Xalqaro dzyudo federatsiyasi tomonidan Boku shahrida o‘tkazilgan “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi xalqaro turnirda shohsupaga ko‘tarildi.Dunyoning o‘ttizdan ziyod mamlakatidan ikki yuzga yaqin dzyudochi ishtirok etgan musobaqada M.Tilovov 60 kilogramm vazn toifasida bellashdi. Muhriddin finalga qadar ozarbayjonlik Oruj Valizoda, mo‘g‘ulistonlik Amartivshun Dashdavaa, braziliyalik Erik Takabatakeni mag‘lubiyatga uchratdi va kumush medal bilan taqdirlandi.