Mohir chavandozlar bahsi
Poytaxtimizda ot sporti bo‘yicha "O‘zbekiston global tur – 2017" musobaqalar mavsumi boshlandi.
Poytaxtimizda ot sporti bo‘yicha "O‘zbekiston global tur – 2017" musobaqalar mavsumi boshlandi.Musobaqa O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, ot sporti federatsiyasi hamkorligida mamlakatimizda ot sportini yanada rivojlantirish, yoshlar o‘rtasida ommalashtirish, iqtidorli sportchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etildi.
"Universal jamping" ot sporti klubida o‘tkazilgan musobaqada chavandozlar turli balandlikdan ot sakratish bo‘yicha o‘z mahoratini namoyish etdi. Oqil Sobirjonov, Nikolay Karpovich, G‘ayrat Nazarov, Xurshid Olimjonov, Nurjon Tuyoqboyev, A’zam Tolibboyev, Abdushukur Sobirjonov, Umid Komilov, Dilmurod Abdurahmonov, Suhbatilla Rajabov, Miryoqub Ismoilov, Ulug‘bek Olimjonov g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi.