O‘zA O`zbek

14.08.2018 12:57 Chop etish versiyasi

“Mir fight“ jamoasi hokim kubogini qo‘lga kiritdi

“Mir fight“ jamoasi hokim kubogini qo‘lga kiritdi


Toshkent viloyati Zangiota tuman hokimligi va O‘zbekiston penchak silat federatsiyasi Toshkent viloyat bo‘linmasi hamkorligida “Zangiota hokimi“ kubogi musobaqasi o‘tkazildi.

Mamlakatimizda yoshlarni sportga jalb etish va ular o‘rtasida yakkakurash turlarini yanada ommalashtirish maqsadida qator musobaqalar o‘tkazib kelinmoqda. Jumladan, penchak silat bo‘yicha tashkil etilgan “Zangiota hokimi“ kubogi musobaqasida 160 nafar sportchi ishtirok etdi.

Musobaqada “Mir fight“, “Sultonlar“, “Xo‘ja“, “Alfa“, “Mega sport“, “Qalqon“ sport klublari bilan birgalikda Shayxontohur tumani 1-sonli bolalar va o‘smirlar sport maktabi jamoasi o‘zaro kuch sinashdi.

Kubok bahslarida Shohruh va Shahzod Obidjonov, Behruz Yusupov, Alaziz Ne’matullayev, Zabixulloh va Hojiakbar Hikmatullayev, Asadbek Mirhaydarov, Hasan va Husan Azimjonov, Zulxumor Saydullayeva, Diana Osmanova, Zulfiya Hojimurodova, Nozima Komilbekova barcha raqiblarini yengib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

– Maqsadimiz mamlakatimiz yoshlarining sog‘lom kamol topishi uchun zamin yaratish va iste’dodli sportchilarni saralashdir, – deydi O‘zbekiston penchak silat federatsiyasi Toshkent viloyati bo‘linmasi raisi Odiljon Normatov.

“Mir fight“ sport klubi “Zangiota hokimi“ kubogi sohibiga bo‘ldi.


J.Toshxo‘jayev, O‘zA
1 744