O‘zA O`zbek

15.02.2019 Chop etish versiyasi

Miklyayev – “Surxon” bosh murabbiyi

Miklyayev – “Surxon” bosh murabbiyi

Kecha Termizning “Surxon” futbol klubida navbatdan tashqari yigʻilish boʻlib oʻtdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar qildi.

Yigʻilishni “Surxon” futbol klubi maʼmuriyat rahbari Ikrom Ibragimov hamda yordamchi murabbiy Grigoriy Seytlinlar olib borishdi. Unda tashkiliy masala koʻrildi. Shu kungacha jamoada vaqtincha bosh murabbiy vazifasini bajarib kelgan Anvar Soliyev yana sport direktori lavozimiga oʻtkazildi.

Klub mutasaddilari bir necha kun davomida bir qator murabbiylar nomzodini koʻrib chiqishdi va yakunda barchaga yaxshi tanish, asli surxondaryolik, oʻz vaqtida “Paxtakor” va “Neftchi” kabi jamoalarda toʻp tepgan, 2016-2018 yillarda Toshkentning “Lokomotiv” jamoasida bosh murabbiy lavozimida faoliyat yuritgan, “PRO” murabbiylik litsenziyasiga ega Andrey Miklyayev “Surxon” jamoasining bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Murabbiy oldiga ulkan vazifalar qoʻyildi. Xususan, yaxshi jamoa shakllantirish hamda surxondaryolik futbolchilarga koʻproq eʼtibor qaratish, imkon qadar mahalliy futbolchilarni jamoaga jalb etish kerakligi taʼkidlandi.

1 315
OʻzA