“Metallurg W” uchinchi bor O‘zbekiston kubogi sohibasi
Oliy liga ayollar futbol jamoalari o‘rtasida O‘zbekiston kubogining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Oliy liga ayollar futbol jamoalari o‘rtasida O‘zbekiston kubogining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Final uchrashuvida poytaxtning “Bunyodkor W” va Bekobodning “Metallurg W” jamoalari bellashdi. Keskin va murosasiz kurashlarga boy bo‘lgan o‘yinda bekobodliklarning qo‘li baland keldi. Toshkent viloyati jamoasi raqiblarini 3:1 hisobida mag‘lub etib, uchinchi bor O‘zbekiston kubogi sohibasiga aylandi.