O‘zA O`zbek

20.08.2018 19:04 Chop etish versiyasi

Messi ilk marta uchtalikka kira olmadi

Messi ilk marta uchtalikka kira olmadi
UEFA o‘tgan 2017/2018-yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun uchtalik nomzodlar ro‘yxatini e’lon qildi.

Ushbu uchtalik ro‘yxatga o‘tgan mavsum “Real Madrid“ sharafini himoya qilgan Krishtianu Ronaldu, “qaymoqrangli“larning yana bir futbolchisi, jahon chempionati “Oltin to‘p“i sohibi Luka Modrich hamda “Liverpul“ safida Yevropa Chempionlar ligasidagi fantastik o‘yinlari bilan muxlislar yoqimtoyiga aylanib qolgan Muhammad Saloh kiritilgan.

03b2b9e9-5ef1-40d5-8895-eb96067f59b0.jpg

Umumiy o‘ntalik ro‘yxatda esa Antuan Grizmann, Lionel Messi,Kilian Mbappe, Kevin de Bryune, Rafael Varan, Eden Azar va Serhio Ramos kabi futbolchilarni ko‘rishingiz mumkin.

Aytish joizki, ushbu sovrin 2010-yildan buyon topshirilib kelmoqda. Amaldagi sovrindor Ronalduda 3 ta shunday mukofot bo‘lsa, “do‘sti“ Messida 2 ta bor.

UEFAning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan sovrin 30 avgust kuni Monako shahrida topshiriladi.

Darvoqe, “Barselona“ hujumchisi Leo Messi ilk marta uchtalikka kira olmadi.

O'zA
2 576