Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

12.12.2017 17:04 Chop etish versiyasi

Merganlar musobaqasi

Merganlar musobaqasi Namanganda Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlab havo miltig‘idan o‘q otish bo‘yicha viloyat birinchiligi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti viloyat kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan musobaqada 123 sportchi o‘zaro bahslashdi.

Musobaqada Saodat Abdullayeva, Abdulbosit Baxtiyorov, G‘oliba Yusupova, Abdulahad Abduvohidov, Liliya Mustafoyeva, Saidbek Karimovlar yuqori natijaga erishdi. Umumjamoa hisobida Namangan avtomobil maktabi jamoasi g‘olib bo‘ldi.



Hotam Mamadaliyev (surat), O‘zA
7 507