O‘zA O`zbek

30.07.2019 12:07 Chop etish versiyasi

Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilaridan iborat Oʻzbekiston terma jamoasi Sochiga yoʻl oldi

Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilaridan iborat Oʻzbekiston terma jamoasi Sochiga yoʻl oldi

Bugun, 30-iyul kuni Rossiyaning Sochi shahrida Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilaridan iborat terma jamoalar oʻrtasida xalqaro superkubok musobaqasi boshlanadi.

Ushbu musobaqada Jamshid Asadov boshchiligidagi Oʻzbekiston terma jamoasi ham qatnashadi. Turnir reglamentiga muvofiq unda 2004-2005-yillarda tugʻilgan yosh futbolchilar oʻzaro gʻoliblik uchun kuch sinashadi.

Xalqaro superkubokda Rossiya, Turkiya, Oʻzbekiston va Kataloniya(Ispaniya) terma jamoalari ishtirok etadi. Turnir gʻoliblari 1-avgust aniqlanadi. Mazkur musobaqada yosh futbolchilarimizga omad tilab qolamiz.

Javohir TOSHXOʻJAYEV, OʻzA
2 550