Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

19.09.2017 10:51 Chop etish versiyasi

Medallar yana ko‘paydi

Turkmanistonda o‘tayotgan Yopiq inshootlarda va jang san’atlari bo‘yicha V Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kuni ham sportchilarimiz uchun muvaffaqiyatli o‘tdi.

Osiyo o‘yinlarining balandlikka sakrash bahslarida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Nadiya Dusanova 1.86 metrlik balandlikni zabt etib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. Ushbu yo‘nalishda ishtirok etgan yana bir sportchimiz Safina Sa’dullaeva kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Turkman kurashining xotin-qizlar o‘rtasidagi klassik yo‘nalishida vazni 63 kilogrammgacha bo‘lgan Dilafruz Mamajonova turkmanistonlik Dinara Xoliyeva, qirg‘izistonlik Ulkan Albiyakizini mag‘lubiyatga uchratib, terma jamoamiz hisobiga kumush medalni qo‘shib qo‘ydi.

Klassik yo‘nalishidagi bahslarda terma jamoamiz a’zolaridan Islomjon Qo‘ldoshev, Husan Nosirov, Fayzullo Ummatov, Shahobiddin Sangilov, Elbek Sotvoldiyev, Ilhomjon Mashrabov, Obidali Mavlonov, Manzuroy Mo‘ydinova, Havasxon Jo‘raqo‘ziyeva, Gulmira Ismatova bronza medal bilan taqdirlandi.

Jiu-jitsu bo‘yicha bellashuvlarda Ravshan Husanov, taekvondo bo‘yicha Valentin Xegay uchinchi o‘rinni egalladi. Futzal bo‘yicha o‘tgan bahslarda O‘zbekiston terma jamoasi Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasini 5:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Endi futzalchilarimiz Maldiv terma jamoasiga qarshi bahslashadi.

Yopiq inshootlarda va jang san’atlari bo‘yicha V Osiyo o‘yinlarida hozircha O‘zbekiston terma jamoasi hisobida 3 oltin, 5 kumush va 20 bronza medal mavjud.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA
1 020






Все о погоде - Pogoda.uz