Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

21.09.2017 10:35 Chop etish versiyasi

Medallar 57 taga yetdi

Turkmanistonda Yopiq inshootlarda va jang san’atlari bo‘yicha V Osiyo o‘yinlarida sportchilarimiz g‘alabali odimlarini davom ettirmoqda.

Belbog‘li kurashning klassik yo‘nalishida vazni 100 kilogrammdan oshiq bo‘lgan polvonlar o‘rtasida Sherzodjon Rahimov chorak finalda turkmanistonlik Murat Jumayevni yarim finalda tojikistonlik Mahmad Mirovni mag‘lubiyatga uchratdi. Musobaqaning so‘nggi hal qiluvchi final bahsida mezbon kurashchisi Ahal Ballarovni yengib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, klassik yo‘nalishida Husniddin Ro‘ziyev turkmanistonlik Xongeldi Allakovni, Obidali Mavlonov turkmanistonlik Ovozgeldi Berdiyevni o‘z vazn toifalarida mag‘lub etib shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.

Ushbu yo‘nalishda terma jamoamiz a’zolaridan Islomjon  Qo‘ldoshev, Eldor Ne’matov, Shahzoda Ergasheva, Dilafruz Mamajonova kumush medal bilan taqdirlandi. Odiljon Suyunov, Husan Nosirov, Fayzullo Ummatov, Havasxon Jo‘raqo‘ziyeva  esa bronza medalga sazovor bo‘ldi.

Kurash bo‘yicha xotin-qizlar o‘rtsida hamyurtimiz Rahima Yo‘ldosheva birinchi o‘rinni egalladi.

Engil atletikachi Yelena Smolyanova yadroni 15.60 metrga uloqtirib, musobaqaning kumush medaliga sazovor bo‘ldi. Yettikurash bahslarida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Marat Haydarov bronza medal sohibi bo‘ldi.

Taekvondo bahslarida Niyoz Po‘latov, muaytayda esa Ubbiniyoz To‘raniyozov shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi. Og‘ir atletika bo‘yicha kuch sinashgan Doston Yoqubov va Muattar Nabiyeva terma jamoamiz hisobiga navbatdagi kumush medalni qo‘shib qo‘ydi,

Yopiq inshootlarda va jang san’atlari bo‘yicha V Osiyo o‘yinlarida hozircha O‘zbekiston terma jamoasi 7 oltin, 16 kumush va 34 bronza medal jag‘arib umumjamoa o‘rtasida uchinchi pog‘onada  bormoqda.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA
1 914






Все о погоде - Pogoda.uz