Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

07.01.2018 13:47 Chop etish versiyasi

Marten va Anastasiya barchadan o‘zib ketdi

Marten va Anastasiya barchadan o‘zib ketdi Germaniyaning Oberxof shahrida biatlon bo‘yicha jahon kubogi bahslari davom etmoqda.

To‘rtinchi bosqichda erkaklar va ayollar ta’qib poygalarida bahslashdi. Xotin-qizlar o‘rtasida 10 kilometr masofaga o‘tkazilgan poygada slovakiyalik Anastasiya Kuzmina birinchi o‘rinni egalladi. Italiyalik Doroteya Vierer 1 daqiqa 4.4 soniya ortda qolib ikkinchi pog‘onadan joy oldi. Ukrainalik Vita Semerenko uchinchi bo'lib marra chizig‘ini bosib o'tdi.

Erkaklar o‘rtasidagi bahslarda fransiyalik Marten Furkad oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, norvegiyalik aka-uka Yoxannes va Tarey Byolar kumush hamda bronza medalga sazovor bo‘ldi.

Jahon kubogida umumhisobda erkaklar o‘rtasida Marten Furkad 553 ochko bilan birinchi pog‘onada borayotgan bo‘lsa, sloveniyalik Anastasiya Kuzmina xotin-qizlar o‘rtasida 422 ochko bilan barchani ortda qoldirmoqda.


Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA
2 456