O‘zA O`zbek

15.02.2019 Chop etish versiyasi

Markaziy Osiyo basketbol assotsiatsiyasining shtab-kvartirasi Toshkentga koʻchirildi

Markaziy Osiyo basketbol assotsiatsiyasining shtab-kvartirasi Toshkentga koʻchirildi

13 fevral kuni Almati shahrida Markaziy Osiyo basketbol assotsiatsiyasi (CABA)ning navbatdagi Konferensiyasi boʻlib oʻtdi, deb xabar bermoqda MOQ axborot xizmati.

Yigʻilishda Xalqaro basketbol federatsiyalar assotsiatsiyasi (FIBA)ning Osiyo mintaqasi boʻyicha Bosh kotibi Agop Xadjiryan hamda Konfederatsiyaga aʼzo mamlakat vakillari ishtirok etishdi. Mazkur yigʻilishda oʻzbek basketboli uchun tarixiy boʻlgan voqeliklardan biri roʻy berdi. Unga koʻra, tashkilotning shtab-kvartirasi Toshkent shahriga koʻchirildi. Quvonarlisi, Konferensiya davomida bir yoʻla ikki nafar hamyurtimiz CABAning Markaziy Kengash tarkibiga kirdi. Oʻzbekiston basketbol federatsiyasining birinchi vitse-prezidenti Xurshid Gʻiyosov CABAda gʻaznachilik boʻlimini boshqaradigan boʻldi. Shuningdek, Oʻzbekiston basketbol federatsiyasi Bosh kotibi Ravshan Gʻaniyev mintaqaviy Konfederatsiyada ham Bosh kotib sifatida ish yuritadi.

Maʼlumot uchun, mazkur Konfederatsiya Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston va Tojikiston baksetbol federatsiyalaridan tashkil topgan. Bungacha tashkilot qarorgohi Qozogʻistonning Almati shahrida joylashgan edi.

1 181
O'zA