Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

14.08.2017 12:18 Chop etish versiyasi

Maqsud polvon jahon chempionati sovrindori

Chilining Santyago shahrida dzyudo bo‘yicha kadetlar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionatida dunyoning oltmishga yaqin davlatidan to‘rt yuzdan ortiq dzyudochi g‘oliblik uchun kuch sinashdi.

50 kilogrammgacha bo‘lgan dzyudochilar bahsida ishtirok etgan sportchimiz Maqsud Ochilov dastlabki davrada avstraliyalik Kin Stuart, ikkinchi davrada vengriyalik Ksanad Fechko, final yo‘llanmasi uchun o‘tkazilgan jangda turkiyalik Abdulaziz Karani mag‘lubiyatga uchratdi.

Maqsud polvon finalda braziliyalik De Olivera Aldiga qarshi gilamga tushdi va kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA
1 239






Все о погоде - Pogoda.uz