O‘zA O`zbek

30.08.2018 10:08 Chop etish versiyasi

Maqsad – yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash

Maqsad – yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida joylashgan “Yoshlar” oromgohida “Mega-sport” musobaqasining mamlakat final bosqichi boʻlib oʻtdi.

Shunisi eʼtiborliki, musobaqaning dastlabki bosqich bahslarida 100 mingga yaqin mahalla yoshlari oʻz imkoniyatlarini sinovdan oʻtkazdi. Mamlakat bosqichida esa viloyat bosqichlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan 10 jamoa ishtirok etdi. Ishtirokchilar musobaqa nizomida belgilangan maxsus toʻsiqlardan oshish, devordan sakrash, 500 metr masofaga yugurish, tonneldan oʻtish kabi shartlarni bajardi.

59bb7049-75de-47ee-9870-e73b43cb80f0.jpg

– 2017-yildan beri Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan oʻtkazilayotgan mazkur musobaqa bugungi kunda 30 yoshgacha boʻlgan yoshlarimizni sevimli sport tadbiriga aylanib ulgurdi. Bu musobaqa yosh avlodni sportga boʻlgan qiziqishini oshirish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etmoqda, – deydi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi sport boʻlimi boshligʻi Umid Rajabov.

Musobaqalar yakuni boʻyicha 255 ochko jamgʻargan Toshkent viloyati jamoasi 1-oʻrinni egallagan boʻlsa, 235 ochko bilan sirdaryolik sportchilar ikkinchi, 225 ochkoni qoʻlga kiritgan Namangan viloyati jamoasi faxrli uchinchi oʻringa ega boʻldi.

Nazokat Rajabova, OʻzA
2 818