O‘zA O`zbek

12.10.2018 11:55 Chop etish versiyasi

Mansur Toʻgʻizboyev shogirdlari Qirgʻizistonda gʻolib boʻldi

Mansur Toʻgʻizboyev shogirdlari Qirgʻizistonda gʻolib boʻldi

Qirgʻizistonda aralash jang sanʼatlari – MMA boʻyicha “WEF PROF FIGHT – 2018“ musobaqasi oʻtkazildi.

photo5332617045684103570.jpg

Unda MMA jangchisi va MMA boʻyicha mamlakatimizning eng zoʻr murabbiyi Mansur Toʻgʻizboyev boshchiligidagi sportchilarimiz mamlakatimiz sharafini munosib himoya qildi.

Mazkur musobaqaga sportchilarni Mansur Toʻgʻizboyev oʻzining yangi sport inshootida uch oy mobaynida tayyorladi.

“WEF PROF FIGHT - 2018“ musobaqasining 57 kilogramm vazn toifasida Mirolim Mirziyodov 5 raund oʻtgan jangda gʻalaba qozondi va “WEF“ kamarini qoʻlga kiritgan boʻlsa, 70 kilogramm vaznda Ulugʻbek Iramov raqibiga boʻgʻish usulini ishlatgan holda gʻalaba qozondi.

Javohir Toshxoʻjayev, OʻzA
1 682