O‘zA O`zbek

10.05.2020 Chop etish versiyasi

Manega “Real” qiziqmoqda, “Liverpul” uni qoʻyib yubormoqchi emas

Manega “Real” qiziqmoqda, “Liverpul” uni qoʻyib yubormoqchi emas

Angliyaning “Liverpul” klubi hujumchisi senegallik Sadio Mane jamoa bilan amaldagi shartnomasini uzaytirishga yaqin turibdi.

Manening klub bilan tuzilgan hozirgi shartnomasi 2023-yilga qadar imzolangan. Biroq “Liverpul” rahbariyati unga Madridning “Real” jamoasidan jiddiy qiziqishlar paydo boʻla boshlagach, yangi shartnoma taklif qilishga qaror qilgan.

Mane “Liverpul” safiga 2016-yil “Sautgempton”dan koʻchib oʻtgan edi. U oʻtgan davr mobaynida jami 161 oʻyinda maydonga tushdi va 77 gol hamda 34 golli uzatmaga mualliflik qildi.

7 636
OʻzA