Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

22.09.2017 18:51 Chop etish versiyasi

Mahorat va matonat bahsi

Poytaxtimizdagi 102-zaif eshituvchi bolalar maxsus maktab-internati tarbiyalanuvchilari o‘rtasida stol tennisi hamda voleybol sport turlari bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Mamlakatimizda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami, jismoniy imkoniyati cheklangan yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, paralimpiya harakatini rivojlantirish orqali ularning jamiyatga faol integratsiyalashuvini ta’minlash, iqtidor va salohiyatini ro‘yobga chiqarishga doimiy e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

O‘zbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan mazkur musobaqada ellikdan ortiq tarbiyalanuvchi qatnashdi. Tadbir co‘nggida g‘olib ishtirokchilar sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA
733






Все о погоде - Pogoda.uz