O‘zA O`zbek

01.08.2018 12:30 Chop etish versiyasi

Mahallalardagi 128 o‘smir g‘oliblik uchun kurash olib bordi

Mahallalardagi 128 o‘smir g‘oliblik uchun kurash olib bordi

“Biz epchil va chaqqonmiz” musobaqasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi g‘oliblari aniqlandi.

18.jpg

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashi tomonidan tashkil qilinayotgan mahallalar o‘rtasidagi musobaqalar qatorida yengil atletikaning sprint yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqa 11-14 yoshli o‘g‘il va qiz bolalar o‘rtasida o‘tkazildi.

Musobaqalar yakkalik bahslarda 100 metrga, 400 metrga, 1500 metrga yugurish va uzunlikka sakrash bo‘yicha, shuningdek, 4x100 metrga va 4x400 metrga 4 nafar o‘g‘il hamda 4 nafar qiz bolalardan iborat jamoalar o‘rtasida estafeta bahslari shaklida o‘tkazildi.

“Biz epchil va chaqqonmiz” sport musobaqalarining mahallalararo, tuman va shahar bosqichlarida jami 380 fuqarolar yig‘inlaridan 5 ming 500 dan ortiq o‘smir ishtirok etdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichida qatnashgan 16 jamoada 128 o‘smir g‘oliblik uchun kurash olib bordi. G‘oliblar va sovrindorlarga tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Y. Qanoatov, O‘zA
2 304