Navoiyda “Mahallamiz badmintonchilari” sport musobaqasi o‘tkazildi.

“Mahalla” xayriya jamoat fondi Navoiy viloyati bo‘limi, O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi viloyat filiali va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan musobaqada 10 jamoa ishtirok etdi.

Mamlakatimizda aholi salomatligini mustahkamlash, sportning ommaviyligini ta’minlash, yosh avlodning har tomonlama barkamol ulg‘ayishi uchun zamonaviy sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu jarayonda, ayniqsa, mahallalarda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, oilalarda jismoniy madaniyatni yuksaltirish borasidagi ishlar muhim ahamiyat kasb etayotir.

11-14 yoshdagi o‘g‘il-qizlar, 30 yoshgacha bo‘lgan yosh oilalardan iborat mahalla jamoalari yakkalik va juftlik bahslarida o‘z mahoratini namoyish etgan musobaqada Karmana tumani Alisher Navoiy nomidagi mahalla fuqarolar yig‘ini jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Navoiy shahrining “G‘alaba” mahalla fuqarolar yig‘ini jamoasi ikkinchi, Qiziltepa tumanidagi “G‘oyibon” mahalla fuqarolar yig‘ini jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahallalar sportchilari o‘zaro bahslashdi