O‘zA O`zbek

14.08.2019 18:14 Chop etish versiyasi

Mahalla yoshlari toʻp surdi

Mahalla yoshlari toʻp surdi

Nukus shahridagi “Turon” stadionida 2009-2010, 2007-2008, 2005-2006-yillarda tugʻilgan oʻgʻil bolalar oʻrtasida “Futbolimiz kelajagi” musobaqasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi oʻtkazildi.

Unda mahalla yoshlaridan tashkil topgan 12 jamoa gʻoliblik uchun toʻp surdi.

9-10 yoshli havaskor futbolchilar oʻrtasida Xoʻjayli tumanidagi “Navroʻz” mahalla fuqarolar yigʻinining “Navroʻz” jamoasi, 11-12 yoshlilar oʻrtasida Toʻrtkoʻl tumanidagi “Turkiston” mahalla fuqarolar yigʻinining “Arzu” jamoasi, 13-14 yoshlilar oʻrtasida Chimboy tumanidagi “Qosterek” ovul fuqarolar yigʻinining “Qosterek yoshlari” jamoasi gʻolib boʻldi.

Maqsad HABIBULLAYEV (surat), OʻzA
1 650