Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

11.09.2018 17:13 Chop etish versiyasi

Mahalla futbolsevarlari bahsi

Mahalla futbolsevarlari bahsi
Andijonda futbol boʻyicha mahalla yoshlari oʻrtasida oʻtkazilgan viloyat hokimi kubogimusobaqalari oʻz yakuniga yetdi.

Yoshlar oʻrtasida futbolni keng ommalashtirish, iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan musobaqaning quyi bosqichlarida 872 mahalladan 16 mingga yaqin havaskor futbolchi qatnashdi.

Oʻz hududida gʻolib chiqqan jamoalar ikki bosqichda kuch sinashdi. Tuman va shahar bosqichi gʻoliblari Andijon shahrida kurashni davom ettirdi. Finalda Andijon shahrining Bunyodkor va Andijon tumanining Jahonobod mahallalari jamoasi roʻbaroʻ keldi.Bunyodkor mahallasi yoshlari 1:0 hisobida gʻalaba qozonib, bosh sovrinni qoʻlga kiritdi. Gʻolib jamoaga Bunyodkor mahallasi hududida futbol stadioni qurilishi uchun bankning 200 million soʻmlik cheki topshirildi.

5.JPG

7.JPG


Zuhriddin Umurzoqov (surat) OʻzA
1 476