Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

02.08.2017 13:19 Chop etish versiyasi

Mahalla badmintonchilari bellashuvi

Mahalla badmintonchilari bellashuvi Samarqandda “Mahallamiz badmintonchilari” sport musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda 11 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar yakkalik, 30 yoshgacha bo‘lgan yosh oilalar juftlik bahslarida qatnashdi.

O‘g‘il bolalar o‘rtasida Payariq tumanining Sarbozor mahallasi vakili Adham Abduhakimov, qizlar o‘rtasida Paxtachi tumani Chorgo‘sha mahallasidan Zulayho Ibrohimova g‘olib bo‘ldi. Yosh oilalar ishtirokidagi bellashuvlarda Ishtixon tumani Zarband mahallasidan Abdanovlar oilasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

–Maktabimizdagi to‘garakda bir yildan buyon badminton sporti bilan shug‘ullanaman, – deydi musobaqa g‘olibi Adham Abduhakimov. – Bugungi g‘alaba ushbu sport turiga bo‘lgan qiziqishimni yanada oshirdi. Kelajakda xalqaro miqyosdagi musobaqalarda yurtimiz sharafini himoya qilishni maqsad qilganman.

Alisher Isroilov (surat), O‘zA
3 212






Все о погоде - Pogoda.uz