Mahalla badmintonchilari bahslashdi
Nukusda “Mahallamiz bandmintonchilari” sport musobaqasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda 15 yosh oila hamda 11-14 yoshli 30 nafar o‘g‘il-qiz g‘oliblik uchun bahslashdi.
Nukusda “Mahallamiz bandmintonchilari” sport musobaqasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda 15 yosh oila hamda 11-14 yoshli 30 nafar o‘g‘il-qiz g‘oliblik uchun bahslashdi.Badminton sportini yanada ommalashtirish, yosh avlod o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishga qaratilgan musobaqa “Mahalla” xayriya jamoat fondi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi, Badminton Federatsiyasi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi hamkorligida tashkil etildi.
Musobaqaning yosh oilalar o‘rtasidagi bahsida Nukus shahridagi “To‘ng‘ich qonis” mahalla fuqarolar yig‘inidan Ismatullayevlar oilasi 1-o‘rinni egalladi. 11-14 yoshli sportchilar o‘rtasida Davronbek Asqarov va Zaynabxon Sharipova g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarildi.