O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasida ko‘pkurash bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Tadbirda Ichki ishlar vazirligi akademiyasi boshlig‘i Sh.Ikromov va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida yoshlarni jismonan sog‘lom va ma’nan barkamol etib tarbiyalash, ular o‘rtasida sportni keng ommalashtirishga qaratilayotgan alohida e’tibor o‘z samaralarini berayotganini ta’kidladi. Ichki ishlar vazirligi tizimida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, tinglovchi va kursantlarning yuqori jismoniy va kasb tayyorgarligini ta’minlash, ular o‘rtasida sportga qiziqishni yanada oshirish maqsadida tashkil etilayotgan turli musobaqalar xodimlarning sog‘lom va ruhan tetik bo‘lishiga xizmat qilmoqda.

Musobaqada vazirlik tizimidagi ta’lim muassasalari tinglovchi va kursantlari, serjantlar tarkibini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazlari vakillari ko‘pkurash tarkibiga kiruvchi yetti sport turi bo‘yicha kuch sinashdi.

Umumjamoa hisobida IIV akademiyasi jamoasi birinchi o‘rinni egalladi. Toshkent Oliy harbiy-texnika bilim yurti va Yong‘in xavfsizligi Oliy texnika maktabi jamoalari keyingi o‘rinlarga loyiq topildi.

IIV akademiyasi jangovar va jismoniy tayyorgarlik kafedrasi qoshidagi sport to‘garaklari a’zolarining ko‘rgazmali chiqishlari namoyish etildi. G‘olib va sovrindorlarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kursantlar bellashdi