Bugun mustaqil O‘zbekistonimiz taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo‘ymoqda. Har kunimiz yaxshi bir yangilikdan, xushxabardan, orzular ro‘yobidan, buyuk kelajakka umiddan boshlanmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning shu yil 2 oktabrdagi “Kurash” milliy sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini o‘qib...

Bugun mustaqil O‘zbekistonimiz taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo‘ymoqda. Har kunimiz yaxshi bir yangilikdan, xushxabardan, orzular ro‘yobidan, buyuk kelajakka umiddan boshlanmoqda. Xalqimizning bunyodkorlik salohiyati, turli sohalarda erishilayotgan ulkan yutuqlar, Vatanimiz obro‘sining xalqaro maydonda kundan-kun yuksalib borayotgani qalblarimizni faxr-iftixorga to‘ldirmoqda.

Davlatimiz rahbarining yuqorida nomi keltirilgan tarixiy hujjatni qabul qilgani milliy qadriyatimiz – kurashni chin dildan yaxshi ko‘radigan, uni ardoqlaydigan xalqimiz uchun yana bir ulkan yangilik bo‘lgani shubhasiz.
Zero, kurash halollik, olijanoblik, mardlik, yurtparvarlik singari bebaho fazilatlarni o‘zida mujassam qilgan bobomeros qadriyatdir.

Oltin zanglamas

Kurashning o‘zi ne bir zamonlar bilan kurashib, charxlanib, toblanib, olis va mashaqqatli yo‘lni bosib, shu kunlarga yetib kelgani tarixdan ma’lum. Uch yarim ming yillik tarixi davomida u xalqimiz turmush tarziga singib, jismonan va ma’nan kamolotga yetaklovchi qadriyat, inson va tabiat uyg‘unligi, umid va ishonch, or-nomus, g‘urur, bag‘rikenglik, matonat va sadoqat timsoli sifatida e’zozlandi.

Buni yurtimiz hududidan topilgan noyob arxeologik topilmalar, tarixiy qo‘lyozmalar ham isbotlaydi. Kurash haqidagi ilk ma’lumotlar Surxon va Zarafshon vohalari, Farg‘ona vodiysi, Navoiy viloyatidagi Sarmishsoy darasi hamda qator qadimgi aholi manzilgohlarida aniqlangan tasviriy san’at namunalari aks etgan osori-atiqalarda, qoyatoshlarda va g‘orlarda uchraydi.

Ming yillik «Alpomish» dostonida esa shunday lavha bor:

«Uch shart o‘tdi, kurash taraddudini ko‘rib yotibdi. O‘n ming uyli Qo‘ng‘irot odami, qancha qalmoqning odami yig‘ilib, Chilbir cho‘liga, Oyna ko‘liga tomoshamon to‘lib, rasta-rasta, dasta-dasta qur tortib o‘tirdi. Tomoshamonlar: «Kurashni ko‘ramiz. Toychixonning alpi bilan Qo‘ng‘irotdan kelgan o‘zbeklarning alpi kurash tushadi, kurash juda qiziq bo‘ladi...», – deb bari jam bo‘ladi...»

Sohibqiron Amir Temur davrida kurash askarlarning harbiy va jismoniy tayyorgarligini oshirishning asosiy usullaridan biri bo‘lgan. Buyuk ajdodlarimiz Abu Ali Ibn Sinoning «Tib qonunlari», Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘atit turk», Alisher Navoiyning «Xamsa», Zahiriddin Muhammad Boburning «Boburnoma» asarlarida ham kurash haqida qimmatli ma’lumotlar aytilgan.

Muqaddas zaminimizda tug‘ilib o‘sgan, nomlari afsonayu dostonlarga aylanib ketgan o‘nlab bahodirlar kurash orqali yurtimizning dong‘ini butun olamga taratgan.

Xalqimizda “Oltin zanglamas” degan purma’no naql bor. Kurash – maqsadiga halol yo‘l bilan yetishish xalqimizning tiynatiga singib ketgan yuksak fazilat sifatida ajodlardan avlodlarga o‘tib kelayotgan bebaho merosdir.

Orzular ro‘yobi

Shunday zamonlar ham bo‘ldiki, xalqimizning ildiziga bolta urmoqchi bo‘lishdi, kurash faqatgina to‘y-tomoshalarda o‘tkazildi. Ana shunday dolg‘ali davrlarda ham xalqimiz o‘zligiga, bobomeros tutumlariga xiyonat qilmadi. Davra qurib, davra olib, kurash tushaverdi.

Ana shu davralarda yozuvchi Tog‘ay Murodning «Yulduzlar mangu yonadi» qissasida aytilmishday, odamlarning, polvonlarning qalb qo‘rida yashirinib yotgan ezgu orzular bo‘ldi:

“– Mo‘min muallim, mana, siz o‘qimishli odamsiz, uyingizda kitobingiz ko‘p, deb eshitaman. Siz ayting, nega endi...o‘zimizning olishni faqat to‘yda yo «Hosil bayrami»da ko‘ramiz? Yo, olishimiz sport emasmi?

– Sport ham gapmi, san’at! Ko‘ryapsizmi, Tilovberdining o‘ynab olishuvini...
– Bali! Uzoqlarga qarab yashaymizu, oyog‘imiz ostidagi gavharni ko‘rmaymiz.

... – Masalan, dunyodagi ko‘pgina xalqlar o‘zlarining hech bo‘lmaganda, bitta sportini jahon miqyosiga ko‘targan. Bizdan esa jahonga ko‘tarilgan bittayam sport turi yo‘q...”

Asardagi bu sodda orzular, tiniq maqsadlar, achchiq haqiqat bir paytlar polvonman degan har bir kishining ko‘nglidan o‘tgan.

– Istiqlol quyoshi polvonlik yo‘lini tutib, unga sodiq qolgan xalqimizning peshonasini yarqiratdi, – deydi Kurash xalqaro assotsiatsiyasi asoschi raisi, zamonaviy kurash qoidalari muallifi Komil Yusupov. – Avvallari kurashga nisbatan panja ortidan qaralar, faqat to‘ylar va sayllar doirasidagina kurash bo‘lib o‘tar edi. Xalqaro musobaqalar u yoqda tursin, hatto respublika birinchiliklari ham o‘tkazilmas edi. Kurashni alohida sport turi sifatida olib chiqish, dunyoga targ‘ib etish va kelajakda Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritish borasidagi tashabbusimizga ishonmaganlar, ertak sifatida qaraganlar ham bo‘lgani rost. Mustaqillik sharofati bilan milliy qadriyatlarimizdan biri – kurash yangi sport turi sifatida dunyoga tanildi. 1991 yil 17 sentabr kuni kurash qoidalarining eng birinchi varianti matbuotda e’lon qilingan edi. Ana shu qoidalar asosida bugun sayoramizda o‘zbekona so‘zlar yangramoqda. O‘zbek kurashi keng rivoj topmoqda.

Mustaqillikning ilk yillaridan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun Shahrisabzda Amir Temur, Termiz shahrida Hakim at-Termiziy xotirasiga bag‘ishlab xalqaro turnirlar tashkil etildi. 1992-1998yillarda Janubiy Koreya, Kanada, Yaponiya, Hindiston, Amerika, Rossiya kabi mamlakatlarda bo‘lib o‘tgan yirik sport anjumanlarida o‘zbek kurashi keng namoyish qilindi. Natijada 1998 yil 6 sentabr kuni Osiyo, Yevropa va Amerikaning 28 davlati vakillari ishtirokida o‘tkazilgan ta’sis kongressida Kurash xalqaro assotsiatsiyasiga (IKA) asos solindi. Davlatimizning bevosita qo‘llab-quvvatlashi natijasida kurash xalqaro sport turi sifatida keng e’tirof etildi, “kurash”, “halol”, “ta’zim”, “to‘xta” va “yonbosh” kabi atamalar esa xalqaro sport lug‘ati tarkibidan mustahkam o‘rin egalladi.

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 1999 yil 1 may kuni poytaxtimizda kurash bo‘yicha birinchi jahon chempionatining tantanali ochilish marosimida «Men ishonaman: dunyoga mashhur pahlavonlarning bebaho xizmatlari tufayli xalqimiz ma’naviy turmush tarzining ajralmas qismiga aylangan kurash bugundan e’tiboran yangi hayotini boshlaydi, yanada yuksaladi, jahon uzra keng tarqalib, turli millatlarga mansub millionlab kishilarning sevimli mashg‘ulotiga aylanadi», degan so‘zlari o‘z isbotini topmoqda.

Kurash xalqaro assotsiatsiyasi bugungi kunda sayyoramizning beshta qit’asidagi 129 ta milliy federatsiyani birlashtirgan. Kurash bo‘yicha jahon va qit’a chempionatlari, xalqaro turnirlar yuksak saviyada tashkil etilayotir. Bu musobaqalarda dunyoning barcha qit’asidan nomdor polvonlar kamtarlik va mardonavorlik bilan ta’zim qilib, gilamga chiqmoqda, davra aylanib, kurash tushmoqda.

7.jpg

Bugungi kunga qadar dunyoning ko‘plab mamlakatlarida kurash bo‘yicha 500 dan ortiq xalqaro turnir o‘tkazildi. Yurtdoshlarimiz orasidan 300 dan ko‘proq sportchi kurash bo‘yicha jahon, Osiyo chempionatlari va xalqaro turnirlarning g‘olib va sovrindorlari bo‘ldi.

2017 yil may oyida Termiz shahrida o‘tgan kurash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun Hakim at-Termiziy xotirasiga bag‘ishlangan XIII xalqaro turnirda Janubiy Koreyadan kelgan polvon Xan Su Kim shunday degan edi: “Kurash falsafasi, mohiyati va uning jozibasi butun dunyoni lol qoldirmoqda. Xalqingizning milliy sport turi Janubiy Koreya yoshlari orasida ham keng ommalashgan. Meni ham kurashning mardlik, halollik, kamtarlik kabi ezgu fazilatlar bilan yo‘g‘rilgani o‘ziga maftun etgan.”

Olimp sari yo‘l

Bugun kurashni xalqaro sport musobaqalari va turnirlari dasturlariga, kelgusida esa Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritish bo‘yicha faol tadbirlar amalga oshirilmoqda.

2010 yilda Kurash xalqaro assotsiatsiyasi Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritish uchun buyurtma berishda muhim talab hisoblangan Jahon dopingga qarshi agentligining e’tirofiga sazovor bo‘ldi.

2007-2008 yillarda Makao va Vetnamda o‘tgan II va III Yopiq inshootlardagi Osiyo o‘yinlarida, 2009 yili Tailandda Jangovar yakkakurashlar bo‘yicha I Osiyo o‘yinlarida, 2014 va 2016 yillarda Tailand va Vetnamda o‘tgan Osiyo sohil o‘yinlarida, 2013 yili Janubiy Koreyada va 2017 yili Turkmanistonda o‘tkazilgan Yopiq inshootlarda va jang san’atlari bo‘yicha Osiyo o‘yinlarida kurash bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tdi.

2017 yil 20 sentabrda Ashxobod shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyo Olimpiya kengashining 36-Bosh assambleyasida kurash milliy sport turi tarixda ilk bor XVIII yozgi Osiyo o‘yinlari dasturiga rasman kiritildi.

– Osiyo olimpiya kengashi tomonidan har to‘rt yilda tashkil etiladigan va qit’a olimpiadasi sifatida e’tirof etilgan yozgi Osiyo o‘yinlari nufuzi va ahamiyati jihatidan Olimpiya o‘yinlaridan keyingi muhim musobaqadir. Unda qit’amizning barcha mamlakatlaridan minglab sportchilar ishtirok etadi. Shu bois mazkur o‘yinlar dasturidan jahon miqyosida o‘z o‘rniga ega, barcha qit’alarda rivojlanib borayotgan sport turlari joy oladi, – dedi Kurash xalqaro assotsiatsiyasi matbuot kotibi Jamshid Namozov. – Kurashning XVIII yozgi Osiyo o‘yinlari dasturiga rasman kiritilishi bu yo‘nalishda zalvorli qadam qo‘yilganidan, uning xalqaro sport hamjamiyati tomonidan keng e’tirof etilayotganidan dalolatdir.

Kurashning yangi hayoti

Prezidentimizning “Kurash” milliy sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi tarixiy qarorida so‘nggi yillarda erishilgan natijalar bilan birga mazkur sport turining yanada rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish, kurashni aholi, ayniqsa, voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida yanada rivojlantirish hamda ommalashtirish, o‘sib kelayotgan avlodda milliy iftixor va vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlash, shuningdek, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va jahon sport maydonida yuqori natijalarga erishishni ta’minlash bo‘yicha qator vazifalar belgilab qo‘yildi.

Qarorda kurashni ommalashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar zamon talablariga javob bermayotgani, qobiliyatli kurashchilarni aniqlash va saralash hamda ularning mashq qilishi, shuningdek, murabbiy va hakamlarni tayyorlashning samarali mexanizmlarini joriy etish imkonini beradigan klub va seksiyalarning yaxlit tizimi shakllantirilmagani, xalqaro musobaqalar g‘oliblari va sovrindorlarini rag‘batlantirishning samarali tizimi joriy etilmagani, zarur moddiy-texnik baza va sport infratuzilmasining yetarli emasligi, sport anjomlarini ishlab chiqish yo‘lga qo‘yilmaganligi sportchilar mashg‘ulotlarini talab darajasida tashkil etishga hamda kurash bo‘yicha xalqaro musobaqalarni o‘tkazishga to‘sqinlik qilayotgani ta’kidlangan.

8.jpg

– Darhaqiqat, kurashni jahon miqyosida rivojlantirish va ommalashtirish borasida ko‘plab ishlar amalga oshirilgan holda ushbu sport turining asl Vatani – mamlakatimizda yoshlarni kurash bilan shug‘ullanishga imkoniyat yaratish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘yildi, – deydi murabbiy Rizomat Soliyev. – Hududlarda seksiyalar faoliyati kurashning fidoyi jonkuyarlarining sayi-harakatlari bilangina yurib turdi. Hatto, kurash yurtimizda joriy qilingan uch bosqichli uzluksiz sport o‘yinlari dasturidan ham chiqarildi. Natijada ko‘plab polvonlar Olimpiya o‘yinlari dasturidan joy olgan sport turlariga o‘tib ketishga majbur bo‘ldi.

Qarorda belgilangan kurashni yanada rivojlantirish va ommalashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish, Nukus shahri va viloyat markazlarida kurash milliy sport turi markazlari, har bir tuman va shaharda zamonaviy sport klublari va seksiyalarini tashkil etish, kurash bo‘yicha respublika, xalqaro musobaqa va turnirlarni doimiy asosda tashkil etish va o‘tkazish, ushbu sport turi bilan shug‘ullanuvchi yoshlarning oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga qabul kvotalarini oshirish, jahon standartlariga javob beradigan “yaktak” sport kiyimlari va “kurash gilam”larini ishlab chiqarishni tashkil etish, kurashni “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va Universiada sport o‘yinlari dasturiga kiritish singari ko‘plab vazifalar kelgusida kurashning yanada ravnaq topishiga, uning yoshlarimiz hayotida tom ma’noda muhim o‘rin egallashiga xizmat qiladi.

– Kurashning Osiyo o‘yinlariga rasman kiritilganidan bir quvongan bo‘lsak, Prezidentimizning yangi qaror qabul qilganini eshitib, sevinchimiz ikki hissa oshdi, qalbimiz g‘urur-iftixorga to‘ldi, o‘zimizga, sportchilik faoliyatimizga, kelajagimizga bo‘lgan ishonchimiz mustahkamlandi, – deydi Yopiq inshootlarda va jang san’atlari bo‘yicha V Osiyo o‘yinlari g‘olibi Muhsin Hisomiddinov. – Ushbu tarixiy qaror millatimiz faxri bo‘lgan kurashning yangi hayotini, yangi taraqqiyot davrini boshlab berdi. Endi o‘z ustimizda yanada ko‘proq ishlab, nufuzli musobaqalarda yuqori natijalarga erishish, Vatanimiz obro‘sini yanada yukslatirish uchun katta kuch, maqsad va ishonch bilan intilamiz.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kurashni yanada rivojlantirish yo‘lidagi tarixiy hujjat