O‘zA O`zbek

15.05.2019 20:50 Chop etish versiyasi

Kurash boʻyicha Toshkent shahar birinchiligi boʻlib oʻtdi

Kurash boʻyicha Toshkent shahar birinchiligi boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi tashabbusi bilan Mirobod tumanidagi 1-sonli Bolalar va oʻsmirlar sport maktabida erkin kurash boʻyicha Toshkent shahar birinchiligi boʻlib oʻtdi.

Poytaxtimiz yosh erkin kurashchilari bilan birga Buxoro , Toshkent , Fargʻona viloyatlaridan kelgan 300 dan ziyod yosh polvonvon toʻrtda vazn toifasida gʻoliblik uchun bahslashdi.

Shuningdek, Toshkent shahar ochiq birinchiligida qoʻshni Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikistondan kelgan yosh erkin kurashchilarni ishtiroki ham bahslarni yanada qizgʻin oʻtishiga sabab boʻldi.

38 kg. vazn toifasidagi bellashuvlarda Imron Gusenov, 28 kg. vazn toifasida Hojiakbar Qoʻchqorov, 23 kg. vazn toifasida Aziz Rasulov birinchi oʻrinni egallashdi.

Musobaqa yakunida barcha gʻolib va sovrindorlar diplom va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Nazokat Rajabova, OʻzA
635